23 Aprel 2021 yil 369

Firibgarlik yo‘li bilan boylik orttirishni reja qilganlar tuzoqqa tushdi.

Joriy yil 29 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan va Kosonsoy tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqarolar viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 mart kuni “A” va “B” ismli shaxslar Chortoq tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yerdan har bir gektarini 4.000 AQSh dollardan sotayotganligini, arizachilar 10 gektar yer kerakligini aytganida, 10 gektar yerni 40.000 AQSh dollariga sotishini va sotib olgan taqdirda nomiga hokimiyat orqali qaror chiqartirib berishini aytib, hozirda ulardan ushbu mablag‘ni talab qilayotganligini ma'lum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB JQB KIJQKB tezkor vakillari va viloyat IIB Tezkor xizmat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, arizada nomi keltirilgan shaxslar fuqarolardan Namangan shahridagi “Sohil” oshxonasida 70.000.000 so‘m pul va 2.000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlanganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech