Firibgarlik sodir etgan shaxsning qilmishlari fosh etildi
Joriy yilning 15-iyul kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida, Uychi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 15-iyun kuni soat 17:50 larda, Uychi tumani, “Shifokor” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.Iga tegishli bo‘lgan Uychi tumani, “Bog‘” mahallasida joylashgan paynet shahobchasiga kelib, uni ishonchiga kirib, 4062****3582 raqamli plastik kartaga 6.000.000 so‘m o‘tkazib bersa, unga naqd pul berishini aytib, plastik kartasiga 6.000.000 so‘m pullarni o‘tkazishga erishib, 4.400.000 so‘m pullarni berib ketgan shaxs, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan, fuqaro Y.A. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati