31 Oktyabr 2025 yil
5
Firibgarlik yo‘li bilan olingan pullar egasiga qaytarildi
Joriy yilning 13-oktyabr kuni Namangan viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 3-sentyabr kuni, Uchqo‘rg‘on tumani “O‘rdabog‘” mahallasida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan Y.G.ni ishonchiga kirib, plastik kartasidan 500.000 so‘m pulini o‘tkazib olgan shaxs, Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan J.M. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati