13 Avgust 2021 yil 370

Firibgarlik jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan fuqaro Rossiya Federatsiyasida qo‘lga olindi.

Joriy yil 11 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan viloyati IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Ryazan' shahar polisiyasi tomonidan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh Prokuraturasining rozilik xati va Minsk konvensiyasiga asosan Moskva shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech