30 Mart 2021 yil
386
Firibgarlik ishbilarmonlik emas, jinoyatdir.
Joriy yil 4 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 20 iyun' kuni, tumandagi fermer ho‘jaligi ishchisi uning yashash uyiga kelib, to‘rt bosh otlarini 38.000.000 so‘mga kelishib, pullarini bir oyda berishga va'da qilib, otlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini shu kunga qadar bermay kelayotganini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati