Firibgarlarning aldoviga chuv tushmang!
Joriy yil 18 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2017 yilning yoz oylarida Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan ayol Namangan shahar Oromgoh MFY hududida qurilishi tugallanmagan uyi bilan 8 sotix yeri borligini, uni sotmoqchi ekanligini aytib, 56.600.000 so‘mga sotib, uyni egasi vafot etganligi, farzandi Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketganligini aytib, kelganidan so‘ng nomiga o‘tkazib berishga va'da qilib, umumiy narxi 56.600.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani, uyni esa rasmiylashtirib bermasdan, tilla-taqinchoqlarni sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati