3 Fevral 2021 yil
448
Firibgarlarga aldanib qolmang!
2021 yil 14 yanvar' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 24 yanvar' kuni tanishi, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Lasetti rusumli avtomashinasini 9.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pullarini 3 oy ichida berishini aytib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 fevral' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati