18 Sentyabr 2020 yil 676

Firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Joriy yilning 11 sentyabr' kuni Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil avgust oyida Chust tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan shaxs uni va boshqa fuqarolarni ishonchiga kirib, “Koreya davlatiga ishga yuboraman”- deb, ulardan jami 11.500 AQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligini ma'lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech