Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
2023 yil 27 mart kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro va birga yashovchi ukasi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil iyun oyida Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ularni ishonchiga kirib, BAA Dubay shahridan telefon apparatlari olib kelib sotishini, pul berib tursalar foydasidan ularga ham berishini aytib, aka-ukalardan 6.000 AQSH dollari olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, ushbu shaxs 2021 yil iyun oyida namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqarodan ham yuqoridagi kabi aldov yo‘li bilan 7.000 AQSH dollari olib, qaytarib bermagan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati