Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
2021 yil 8 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro V.E. ariza bilan murojaat qilib, shu yil mart va aprel' oylarida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro A.M. uni ishonchiga kirib, 3 bosh mollarini 28.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 3 oy muddat ichida berishini aytib, mollarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqaro A.M. shu yil aprel' oyida V.E.ni VAZ-2107 rusumli avtomashinasini 16.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, oldindan 2.000.000 so‘m pullarini berib, qolgan pullarini 4 oy muddat ichida berishini aytib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati