9 Sentyabr 2020 yil 775

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Joriy yil 20 avgust kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil may oyida Namangan shahrida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Lasetti rusumli avtomashinasini 7.200 AQSh dollariga sotishga kelishib, 4.750 AQSh dollarini olib, avtomashinani nomiga rasmiylashtirib bermay, oradan ma'lum vaqt o‘tganidan so‘ng avtomashinani olib ketib, pullarini qaytarib bermayotganligini ma'lum qilgan va fuqaroga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB hzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar, ogoh bo‘ling! Firibgarlarga aldanib, o‘zingiz va mol-mulkingizni xavfga qo‘ymang! 

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech