4 Noyabr 2020 yil 512

Firibgarlar tuzog‘idan mol-mulkingizni asrang!

Joriy yil 13 oktyabr kuni Chortoq tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan B.Q. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 iyul' kuni Yangiqo‘rg‘on tuman hududida joylashgan “Bekobod hayvon bozori”da, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, bir bosh otini 12.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 10.08.2020 yil kuni berishini aytib, otini olib ketgani va hozirgi kunga qadar pullarini bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, fuqaro o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu yil 6 avgust kuni B.Q.ni yashash uyiga borib, ishonchiga kirib, uni aldab, bir bosh otini 15.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 01.09.2020 yil kuni berishini aytib, otlarni boshqa shaxsga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Shuningdek, fuqaro jinoiy harakatlarini davom ettirib, Yangiqo‘rg‘on tuman hududida joylashgan “Bekobod hayvon bozori”da, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan M.M.ni ishonchiga kirib, ikki bosh mollarini 30.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 18.08.2020 yil kuni berishini aytib, aldab, mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni bermay, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 noyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech