14 Oktyabr 2020 yil
526
Firibgarga qonuniy chora ko‘rildi.
2020 yil 1 oktyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil avgust oyida, Chortoq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, unga tegishli VAZ-21063 rusumli avtomashinasini 2.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinani olib ketib, pullarini shu kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati