21 Sentyabr 2020 yil 663

Firibgarga qonuniy chora ko'rildi.

Shu yil 14 avgust kuni Uychi tumanida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil iyun' oyida tanishi, Namangan tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Damas rusumli avtomashinasini 15 kun ichida pulini berish sharti bilan 7.300 AQSh dollariga sotib olib, avtomashinani olib ketib, pullarini hozirgi kunga qadar bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech