21 Sentyabr 2020 yil 588

Firibgarga nisbatan tergov harakatlari boshlandi.

2020 yil 19 avgust kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil avgust oyida tanishi, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 4.200 AQSh dollarini chet el viza kartasiga tushirib berish uchun olib, pullarni ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, 2018 yil fevral' oyida chet el viza kartasiga tushirib berish uchun olgan 4.200 AQSh dollarini qaytarib bermasdan, unga “Kobalt” yoki “Lasetti” rusumli avtomashina olib berishini aytib, 7.000 AQSh dollarini olib, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech