8 May 2021 yil 414

Firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yil 2 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 fevral' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ishonchiga kirib, undan Lasetti rusumli avtomashinasini 6.900 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 300 AQSh dollari berib, avtomashinani olib ketib, qolgan 6.600 AQSh dollarini bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech