14 Avgust 2021 yil
361
Firibgarga aldanib terakdan ham puldan ham quruq qoldi.
2021 yil 3 avgust kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil may oyida, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, o‘ziniki bo‘lmagan teraklarni jami 45.000.000 so‘mga kelishib shundan 17.320.000 so‘m pulni olib, teraklarni yoki pullarini qaytarib bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati