Firibgarga aldanib, bankdan 75 million qarz bo‘ldi.
Shu yil 18 may kuni, Chust tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil oktyabr' oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol uning ishonchiga kirib, Namangan shahar hududida joylashgan sanoat zonasida ishlab chiqarish sexi qurayotganligini, sex qurilishi uchun mablag‘ kerakligini, keyinchalik ushbu sexda birga ishlashni taklif qilib, 1985 yilda tug‘ilgan ayolning nomiga banklardan jami 75.000.000 so‘m kredit mablag‘larini chiqarib, ushbu pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati