15 May 2023 yil 568

Firibgarga aldangan fuqaro IIBga murojaat qildi

2023-yil 4-may kuni Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yilning mart-aprel oylarida 1994-yilda tugʻilgan tanishi uning ishonchiga kirib, umumiy narxi 157.340.000 soʻmlik kunjara mahsulotlarini olib, 30.340.000 soʻmini bergani va mahsulotlarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarni ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech