26 Iyun 2021 yil
384
Firibgarga aldangan fuqaro IIBga murojaat qildi.
Joriy yil 11 iyun' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 8 avgust kuni mahalladoshlari, 1985 yilda tug‘ilgan va 1987 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, Damas rusumli avtomashinasini 8.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pullarni 6 oy muddatda to‘liq berishlarini aytib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 iyun' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati