22 Aprel 2023 yil
468
Firibgardan jabr ko‘rgan fuqaro IIBga murojaat qildi.
2023 yil 4 aprel kuni Namangan tumani “Navqiron” MFYda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 yanvar kuni Namangan shahar “Orzu” MFYda yashovchi, 2016 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan shaxs uning ishonchiga kirib, «Jentra» rusumli avtomashinasini 17.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarini 10 kun muddatda berishini aytib, aldab 7.500 AQSH dollarini berib, qolgan pullarni bermay, avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2023 yil 21 aprel kuni JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati