24 Dekabr 2020 yil 524

Firibgardan ogoh bo‘ling!

2020 yil 3 dekabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil oktyabr' oyida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 4.500 kg. uzumlarini 22.500.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini uch kun ichida olib kelib berishini aytib, uzumlarni olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, fuqaro jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu yil oktyabr' oyida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqarodan 7.279 kg. uzumlarini 32.320.000 so‘mga, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1958 yilda to‘g‘ilgan fuqaroni 2.090 kg. uzumlarini 10.450.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini o‘n kun ichida berishini aytib, olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘zini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 dekabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech