5 Iyun 2023 yil 374

Firibgardan jabr ko‘rgan shaxs IIBga murojaat qildi

2023-yil 19-may kuni Uychi tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2022-yil dekabr oyida shu tumanda yashovchi tanishi 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, 10 kunda berish sharti bilan 1 bosh qoramolini 31.000.000 so‘mga sotib olib, pullarini bermayotganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech