14 May 2021 yil
381
Firibgar tuzog‘iga tushgan fuqaro IIBga murojaat qildi.
2021 yil 9 may kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil aprel' oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 15 bosh qo‘ylarini 41.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 1 oy muddatda berishini aytib, qo‘ylarni olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 may kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati