28 Sentyabr 2020 yil 544

Firibgar qonun oldida javob beradi.

Joriy yil 15 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoniga murojaat qilib, shu yil fevral' oyida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, VAZ-2106 rusumli avtomashinasini sotib berishini aytib, avtomashinani olib ketib, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga 8.000.000 so‘mga sotib yuborib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 2020 yil 26 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech