Firibgar Qassobga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shu yil 3 iyul' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil yanvar' oyida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, qassobchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro uning ishonchiga kirib, 2 bosh molini 33.372.000 so‘mga sotib olishga kelishib, mollarini so‘yib, sotib yuborib, pullarni shu kunga qadar bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, ushbu shaxs shu yil yanvar' oyida, Namangan tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 bosh mollarini 25.750.000 so‘mga sotib olishga kelishib, mollarni olib ketib, uning ham pullarini bermaganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati