4 Sentyabr 2021 yil 417

Firibgar pora bilan qo‘lga tushdi.

2021 yil 25 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 avgust kuni “O” ismli shaxs Namangan viloyat IIB YHXB TRIBdan unga tegishli bo‘lgan Tiko rusumli avtomashinasiga “Gaz o‘rnatish uchun ruxsatnoma” olib berishini aytib, undan 400 AQSh dollari so‘rayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni 1986 yilda tug‘ilgan fuqaroni ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB JQB KIJQKB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro arizachidan maxsus ishlov berilgan 400 AQSh dollarini viloyat IIB YXXB TRIB binosi oldida olgan vaqtda ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 25,168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech