Firibgar Koreya davlatiga ishga jo‘nataman deb aldab ketdi.
2021 yil 1 oktyabr' kuni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1989 yilda va 1967 yilda tug‘ilgan fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil yoz oylarida, Chortoq tumanida yashovchi, Namangan shahridagi MChJ rahbari, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ularni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga jo‘natishini, u yerda ish bilan ta'minlashini aytib, aldab, fuqarolardan 5.050 AQSh va 5.300 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqaro o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2018 yil yoz oylarida, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga jo‘natishini aytib, aldab, 56.000.000 so‘m pul va 70 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati