Firibgar jinoyat ustida qo‘lga olindi
2022 yil 12 mart kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni tanishi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahar hududida joylashgan boshqa fuqaroga qarashli bo‘lgan bog‘ maydonini o‘ziga qarashli ekanligini, ushbu bog‘dan 4 sotixini yer uchastkasi sifatida ajratib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishligini aytib, 6.000 AQSh dollari talab qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Viloyat IIB JQB KvaIJQK bo‘limi tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yangi Namangan tumani hududida joylashgan oshxonada arizachidan 6.000 AQSh dollari olganida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 19 mart kuni O‘z.R JKning 25,168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati