Firibgar birovning kredit pullarini shaxsiy ehtiyojlariga ishlatdi.
2021 yil 9 iyul' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan B.N. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil iyun' oyida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan O.V., B.N.ni nomiga issiqxona qurish uchun 30.000.000 so‘m kredit olib, ushbu kredit pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, O.V. 2020 yil iyul' oyida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayolni nomiga tikuv mashinasi olib berishni va'da qilib, 30.000.000 so‘m kredit olib, ushbu kredit pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati