9 Aprel 2022 yil
410
Firibgar ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022 yil 26 fevral kuni Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil fevral' oyida Namangan shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, aldab, umumiy narxi 14.000 AQSh dollarlik eshiklarini olib ketib, boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati