31 Iyul 2021 yil 369

Firibgar 38 million so‘mlik qoramollarning pulini to‘liq bermadi.

Joriy yil 15 iyul kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 aprel' kuni tanishlari, Chortoq tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan va Chortoq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqarolar unga tegishli bo‘lgan 3 bosh qoramollarni jami 38.000.000 so‘mga kelishib, 18.000.000 so‘m berib, mollarni olib ketib, qolgan pullarni bermay, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech