Firbgarlik kasb emas, jinoyat.
Shu yil 13 oktyabr' kuni Pop tumanida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil iyul' oyida Chust tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, “Agrobank” Chust tuman filialidan uning nomiga 30.750.000 so‘mlik kredit rasmiylashtirib, kredit to‘lovini o‘zi to‘lashligini aytib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Shuningdek, fuqaro jinoiy harakatlarini davom ettirib, Pop tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan ayolning ham nomiga 29.956.000 so‘mlik kredit rasmiylashtirib, kredit to‘lovini o‘zi to‘lashligini aytib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati