“Faol ayollar ishchi guruhi” tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani hududida o‘rganish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Namangan viloyati hududida ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ayniqsa, oila-turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyati va faolligini yana-da oshirish, maqsadida “Faol ayollar ishchi guruhi” tashkil etildi.
“Faol ayollar ishchi guruhi” tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani hududida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularning huquqiy madaniyati va faolligini oshirish, mavjud muammolarini o‘rganish va hal etish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi majlislar zalida ayollar bilan bog‘liq jinoyat muhokamasi o‘tkazilib, tazyiqqa uchragan ayollarga himoya orderi berish tartiblari haqida tushuntirib o‘tdi.
“Birlashgan” mahallasida xotin qizlar tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati muhokamasi keng jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazildi. jinoyatni sodir etgan ayollarga MFY xotin qizlar faoli murabbiy etib belgilandi.
“Isʼhoqxon To‘ra Ibrat” nomli Namangan davlat chet tillari institutida talaba qizlar ishtirokida “Siz huquqingizni bilasizmi” mavzusida davra suhbatida qiz bolalar uchun kasb bilan birga hunar ham egallash zarurligi, uning turmushdagi afzallik tomonlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
“Isvaxon” mahallasidagi bir guruh xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, “Ishga marhamat monomarkazga” ishga joylashish taklif etildi. Bu kabi tadbirlar “Gulqishloq” MFYda ham bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati