16 Iyul 2022 yil 699

Yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Joriy yilning 15 iyul kuni Namangan shahar 11-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish” maqsadida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv seminarda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari hamda shahar-tuman kasb-hunar kollejlari yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bosh psixologi leytenant N.Turg‘unov tomonidan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Trening yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech