Eshiklari ochiq qoldirilgan “Malibu”dagi pullar o‘g‘riga o‘lja bo‘ldi
2023 yil 15 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda Namangan shahar Baynalminal MFY N.Nomongoniy ko‘chasida joylashgan kafe oldida Malibu rusumli avtomashinasini eshiklarini ochiq holda qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs avtomashina salonida bo‘lgan 2.700.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida olingan 6 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud “Avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganda, izlarning 2 donasi Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 2017 yilda JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroning o‘ng qo‘l o‘rta va nomsiz qo‘l barmoq izlariga to‘g‘ri kelganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati