Eshiklari ochiq qoldirilgan “Damas”dan 1600 AQSh dollari o‘g‘irlab ketildi
2021 yil 10 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:30 larda Namangan shahrida qarovsiz qoldirgan Damas rusumli avtomashinasi eshiklari ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina salonidagi daftar orasida bo‘lgan 1.600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harkatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati