Eshak hayvoni aravasi bilan o‘g‘irlab ketildi.
Joriy yil 29 oktyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 oktyabr' kuni soat 11:00 larda noma'lum shaxs, tumandagi Furqat MFY Beruniy ko‘chasi yo‘l chetidagi Tol daraxtiga bog‘lab qo‘ygan narxi 1.800.000 so‘mlik bir bosh eshagini aravasi bilan birga o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati