30 May 2025 yil
853
Yonida psixotrop modda saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 4-may kuni Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani, “Bunyodkor” mahallasi hududida ketayotgan, “Beruniy” mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.A boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashinasi va yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida sof og‘irligi 0,37 gramm bo‘lgan alfa-pirroli idinovalerofenon (a-PVP) moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati