31 Oktyabr 2025 yil 68

Yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Davlatobod tumani “To‘quvchi” mahallasida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan U.J.ni tumanning “Navbahor” mahallasi hududida yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida og‘irligi 0,68 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech