11 Oktyabr 2025 yil 37

Yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 1-oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Chortoq tumani "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 9,7 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech