7 Avgust 2025 yil
68
Yonida giyohvandlik moddasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 19-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan tumani "Katta Toshbuloq" mahallasi hududida, Chust tumani “Shuvar” mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan M.Shning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, zajigalka ustki qismiga yopishtirilgan, og‘irligi 0,23 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati