6 Noyabr 2025 yil
27
Yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan Davlatobod tuman “Elobod” mahallasi hududida, Davlatobod tumani “Porloq” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan M.U. to‘xtatib yoni ko‘zdan kechirilganida sof og‘irligi 0.37 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati