1 Sentyabr 2025 yil 179

Yonida giyohvandlik moddasi olib ketayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 1-avgust kuni “Namangan” muntazam YPX maskanida IIV JXD YHXX va Pop tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan N.J.ning yonidan 0,68 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech