7 Avgust 2025 yil
69
Yonida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 14-iyul kuni Yangi Namangan tumani “Beruniy” mahallasi hududida Yangi Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Uychi tumani “Yorkatak” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan A.G‘ning yonida sof og‘irligi 0,84 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati