11 Iyun 2025 yil
541
Yonida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 14-may kuni viloyat IIB JTSB kinologiya xizmati xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani, “Guliston” mahallasi hududida haarkatlanib ketayotgan, Kosonsoy tumani, “Hurriyat” mahallasida yashovchi, fuqaro U.Sh boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, avtomashinasi va yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonidan sof og‘irligi 0,75 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati