17 Noyabr 2025 yil 114

Yonida giyohvand modda olib yurgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Yangi Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan, tumanning “Sahovat” mahallasi hududida, Davlatobod tumani "Quyi G‘irvon" mahallasida yashovchi, M.Y.ni to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida sof og‘irligi 0,49 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech