7 Avgust 2025 yil 95

Yonida “Gashish” olib yurgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 16-iyul kuni Yangi Namangan tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Mingterak” mahallasi hududida, Namangan shahar “Marg‘ilon” mahallasida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan S.Uni to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonidan og‘irligi 0,43 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech