19 Avgust 2023 yil 908

“Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovinining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 08-fevraldagi PQ-122-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari ilmiy salohiyatini oshirib borish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sohada yuqori natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish hamda IIVning 2022-yil 27-aprel kunidagi

buyrug‘iga asosan Namangan viloyati Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika tizimida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Jami uchta shartdan iborat bo‘lgan tanlovda ishtirokchilar dastlab sohaga doir savollar to‘plamidan iborat test savollariga javob berish orqali o‘z bilimlarini yana-da mustahkamladilar. "Makarov" pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish sharti orqali esa jangovar shayliklari sinovdan o‘tkazildi. Oxirgi bosqichda barcha ishtirokchilar bilan yakka tartibda suhbat tashkil etildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ko‘rik tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar saralanib, ularga Boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech