1 Iyul 2023 yil
408
Ekspert-kriminalistlar tomonidan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
Joriy yilning 14-iyun kuni Namangan shahrida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs umumiy narxi 35.000.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Namangan shahar IIO FMB EKB eksperti B.Akbarov tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlari orqali ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs
Yangi Namangan tumanida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan ayol ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati